O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i
polkovnik DJAPAROV Rasuljon Kamiljanovich
Qabul vaqti:
Har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha,
Shanba kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha.
1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tashkil etilishi bilan ta’lim muassasasi tarkibida ilmiy ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi sifatida ilmiy-tadqiqot bo‘limi faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1384-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ilmiy-tadqiqot bo‘limi Harbiy ilmiy tadqiqotlar markaziga o‘zgartirildi.
Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019-yil 12-fevraldagi topshirig‘iga binoan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 22-fevraldagi 141-sonli buyrug‘i talablari asosida, 2019-yildan Akademiyaning Harbiy ilmiy tadqiqotlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi.
Institut faoliyatini tartibga solish va tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2019-yil 1-iyuldan institut yangi tarkibda o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur Nizomga muvofiq, institut davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash, Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida qabul qilingan qarorlarni ilmiy asoslash maqsadida harbiy san’at nazariyasi va amaliyoti qoidalari, shuningdek, harbiy ilmiy ishlarni (asarlarini) ishlab chiqish va nazariy tadqiqotlar natijalari va amaliy ishlanmalarni qo‘shinlarning kundalik faoliyatiga integratsiya qilish bo‘yicha kompleks tavsiyalar berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida harbiy ilm-fanni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-29-sonli Qaroriga asosan QK Akademiyasining Ilmiy-tadqiqotlar instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan mustaqil ilmiy tashkiloti hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga bo‘ysunadi.
Institut o‘z faoliyatini belgilangan tartibda respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy, oliy harbiy ta’lim muassasalari, ilmiy- tadqiqot markazlari va boshqa ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
rwr
Institut o‘z faoliyati jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining buyruq va direktivalari hamda boshqa milliy qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi hududida Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi, 21-uy manzili bo‘yicha joylashtiriladi.rwerwe
qo‘shin turlarining rivoji yo‘lidagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlarni har tomonlama o‘rganish, shuningdek, mamlakatning harbiy xavfsizligiga xatarlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlar faoliyati uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
zamonaviy jang va harbiy mojarolarni olib borish strategiyasi va taktikasini o‘rganish hamda tahlil qilish, jang olib borish va qo‘shinlarning maxsus harakatini o‘tkazish taktikasini takomillashtirish borasida tadqiqotlar olib borish;
harbiy san’atning rivojlanish tendensiyalarini, zamonaviy qurol-aslaha hamda texnikalarni qo‘llash yo‘llari va usullarini, shuningdek, noqonuniy qurolli tuzilmalar, xususiy harbiy kompaniyalar, mahalliy aholining zamonaviy jang va harbiy mojarolardagi ishtirokini tadqiq etish;
harbiy xizmatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini, shuningdek, harbiy jamoalarda ijtimoiy-psixologik muhitni o‘rganish, uni sog‘lomlashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish;
Qurolli Kuchlarni har tomonlama rivojlantirish va qo‘shinlardagi mavjud tizimli muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlanma va loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
zamonaviy talablarni inobatga olgan holda ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi asoslarini o‘rganish va harbiy-ilmiy faoliyat borasidagi xorijiy va milliy ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
mamlakatimizning va xorijiy davlatlarning tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda harbiy-ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va shakllantirish.
Xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka nisbatan harbiy, harbiy-siyosiy va harbiy-iqtisodiy sohadagi xavf va taxdidlarni tadqiq qilish, mamlakatning harbiy mudofaasini ta’minlashdagi tizimli muammolarni o‘rganish va ularning optimal yechimini topish hamda davlat mudofaa qobiliyatini oshirish borasida qabul qilinadigan qarorlarni ilmiy asoslash va metodologik qo‘llab-quvvatlash;
harbiy san’atni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari (harbiy strategiya, operativ san’at, taktika), zamonaviy urushlar va harbiy nizolar xususiyatlari, jangovar harakatlarni amalga oshirish nazariyasi va amaliyoti, xorijiy mamlakatlarning armiyani isloh qilish va qo‘llash tajribasi, qo‘shinlar va qurol-aslahalarni boshqarish tizimlari, shuningdek, jangovar harakatlarni har tomonlama ta’minlashni kompleks ravishda tadqiq etish;
harbiy-ilmiy tadqiqotlar zamonaviy metodologiyasini har tomonlama taxlil qilish, mudofaa va harbiy xavfsizlik sohasiga ilg‘or g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni tatbiq etish, shuningdek, respublika va xorijiy yetakchi tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;
mamlakatning oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy-ilmiy faoliyatni ommalashtirish va takomillashtirish maqsadida harbiy-ilmiy tadqiqotlar asoslari va metodologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.
катта илмий ходими
0,5
ҳарбий фанлар бўйича мутахассис
100052, Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Parkent ko'chasi, 21-uy (O'R QK Akademiyasining 4-o'quv binosida).
(+998 71) 289-97-79
(+998 71) 289-97-47
(+998 71) 268-02-70
milresearch@mil.uz
Harbiy_ilmiy_tadqiqot_instituti@exat.uz
Dushanba-juma – 9:00 dan 18:00 gacha, shanba kuni – soat 09:00 dan 13:00 gacha, tushlik – 13:00 dan 15:00 gacha, dam olish kuni – yakshanba.