/media/uploads/LOGO_NEW_INSTITUT.png

XALQARO HARBIY-ILMIY KONFERENSIYA

2039

     2025- yil 8- aprel kuni O‘R QK Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Global transformatsiyalar sharoitida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro harbiy-ilmiy konferensiya o‘tkazilmoqda.
    Jahon tartibotining transformatsiyasi hamda global va mintaqaviy darajadagi kuchlar muvozanatining o‘zgarishi sharoitida xavfsizlik sohasidagi muammolar jahon hamjamiyati uchun diqqat-e’tibor obyektiga aylanmoqda.
    Bugungi kunda zamonaviy xavf va tahdidlarning xalqaro maydondagi vaziyatga nisbatan ta’sir doirasi kuchayib borayotganligi va transchegaraviy xarakterga ega ekanligi, ularning oldini olishga doir samarali sa’y-harakatlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilish munosabatlarini qiyinlashtiradi. 
     Aksariyat davlatlarning umumbashariy barqarorligi va xavfsizligi jadal rivojlanishiga to‘sqinlik ko‘rsatayotgan ehtimoliy tahdidlarning yangi turlarining paydo bo‘lishi bilan ularning salbiy tendensiyalari keskin tus olishiga va ko‘lamining kengayishiga olib kelmoqda.
     Bunday sharoitda konferensiya formati Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqarorligi va ravon rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun dolzarb va muhim hisoblanadi.

Manzil:

100052, Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Parkent ko'chasi, 21-uy (O'R QK Akademiyasining 4-o'quv binosida).

Tel:

(+998 71) 289-97-79
(+998 71) 289-97-47

Faks:

(+998 71) 268-02-70


E-mail:

milresearch@mil.uz


E-xat:

Harbiy_ilmiy_tadqiqot_instituti@exat.uz


Ish vaqti:

Dushanba-juma – 9:00 dan 18:00 gacha, shanba kuni – soat 09:00 dan 13:00 gacha, tushlik – 13:00 dan 15:00 gacha, dam olish kuni – yakshanba.

Bog'lanish

© Toshkent